Duşanbe şahrining Firdavsiy tumani sudi Tojikistonga neft mahsulotlarini yetkazib beriş hamda bu yerda sotiş bilan şuğullangan «Umed-88» kompaniyasi rahbarlarining dastlabki hibs muddatini yana ikki oyga uzaytirdi. Kompaniya ta'sisçisi Rajabali Odinayev va uning direktori Idibek Ibragimov joriy yilning oktabrida hibsga olingandi.
Rajabali Odinayev advokati Xisrav Ayubiyning 18 dekabr kuni xabar berişiça, u va Odinayev sud qaroriga qöşilişmaydi hamda bu borada şikoyat arizasi bilan çiqiş niyatidalar. Advokatning sözlariga köra, tergovçilar kompaniyaning özida tekşiruv işlarini davom ettirişmoqda. Avvalroq kompaniya öz faoliyatini töxtatgani xabar berilgandi.
«Umed-88» MÇJ rahbarlari Rajabali Odinayev va Idibek Ibragimovga nisbatan Tojikiston JKning ikkita moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan – kredit sifatida taqdim etilgan yirik mablağlarni talon-toroj etiş va xizmat vakolatlarining suiiste'mol qilinişi natijasida oğir oqibatlarga olib kelganlik.
Şu bilan birga, tergovga yaqin bölgan manbaning xabar berişiça, jinoyat işi böyiça tergov öz yakuniga yetib qolgan hamda yanvarda barça materiallar sudga topşiriladi. Kompaniya mol-mulki esa xatlov ostida qoladi. Avvalroq Rajabali Odinayevning yaqinlari rasmiylar kompaniya mulkini sotişga taqiq qöyişgani haqida xabar berişgandi.
Tojikiston rahbari Imomali Rahmon 14 oktabr kuni işbilarmonlar bilan uçraşuvda mamlakat Moliya vazirligini «Umed-88» kompaniyasiga davlat byudjyetidan «turli tuşunarsiz yöllar bilan» 170 milliondan köproq somoniy taqdim etgani uçun jiddiy tanqid ostiga olgandi. Uning sözlariga köra, «Umed – 88» MÇJ bu mablağlarni ikki yildan beri davlatga qaytara olmayapti.
«Umed-88» kompaniyasi tadbirkor Rajabali Odinayev tomonidan 1996 yilda taşkil etilgan. Kompaniya Rossiya, Qozoğiston va Turkmanistondan yoqilği yetkazib beriş bilan şuğullangan. Butun mamlakat böylab kompaniyaning 70 dan ortiq AYoQŞi faoliyat körsatgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Umed-88» kompaniyasi Roğun pullarini talon-toroj qilib yuborgani xabar berilgandi.












