Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasi raisi Ertuğrul Apakanning ma'lum qilişiça, mamlakat şarqida vaziyatning keskin yomonlaşişi kuzatilmoqda. Bu haqda taşkilot saytida xabar qilindi.
«Biz vaziyat juda yomonlaşganini xavotir bilan qayd etmoqdamiz. Öt oçişni töxtatiş rejimining buziliş miqdori şu darajaga yetdiki, buni biz joriy yilning fevralidan beri qayd etmagandik», - deya aytib ötdi Apakan.
Ta'kidlanişiça, 11-17 dekabr kunlari öt oçişni töxtatiş rejimi qariyb 16 ming marotaba buzilgani qayd etildi, bu ötgan haftadagi körsatkiçdan 35 foizga köproqdir.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotining Ukraina böyiça maxsus monitoring missiyasi rahbari birinçi örinbosari Aleksandr Xug Donbassdagi mojaro ob-havo harorati sovib borişi bilan yanada keskinlaşişi haqida ma'lum qilgandi.












