Samarqand şahridagi Köksaroy maydonida şahardagi mavjud 207 ta mahalla fuqarolar yiğinida «Xavfsiz hudud posbonlari» jamoatçilik tuzilmasini taşkil etişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Viloyat içki işlar boşqarmasi, şahar hokimligi, «Mahalla» jamoat fondi viloyat bölimi hamda Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi taşabbusi bilan taşkil etilgan tadbirda sözga çiqqan viloyat içki işlar boşqarmasi boşliği A.Toşpölatov, şahar hokimi F.Rahimov va boşqalar co‘zga çiqib, jinoyatçilik va huquqbuzarliklarning oldini oliş borasida yöl qöyilgan xato-kamçiliklarga alohida töxtalib, yangi tuzilma mazkur jarayonda samarali faoliyat yuritişini ta'kidlaşdi.
Şuningdek, yangi tuzilmada bor kuç va bilimi bilan jamiyat tinçligi, osoyiştaligini ta'minlaşga munosib hissa qöşgan faol xavfsiz hudud posbonlari kelgusida içki işlar organlariga işga qabul qilinişi, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talaba-yoşlarga tölov şartnomalarini tölaşda imtiyoz va imkoniyatlar berilişi qayd etib ötildi.
— Jamoatçilik nazorati bor joyda har qanday jinoyatçilik, huqubuzarlikning oldi olinadi, — deydi Özbekiston yoşlar ittifoqi viloyat kengaşi raisi R.Qobilov. — Şu bois, ayni paytda huquqbuzarliklar profilaktikasini kuçaytiriş maqsadida joylarda «Xavfsiz hudud posbonlari» tuzilmasi taşkil etilmoqda. Samarqand şahri mahallalarida ilk bor taşkil etilayotgan yangi tuzilmaga 3105 nafar yoşlar jalb qilindi. Ularning 1500 ga yaqini harbiy xizmatni ötab qaytgan oliy öquv yurtlarining talabalaridan iborat.
Posbonlar har bir mahallaga 15 nafardan taqsimlanib, mahalla raisi, profilaktika inspektori, posbon jamoatçilik tuzilmalariga biriktirildi. Xavfsiz hudud posbonlari belgilangan reja asosida özlarining xizmat kunlarida mahalla hududini kuzatib borişadi. Şubhali holatlarda profilaktika inspektori, mahalla posboni va boşqa biriktirilgan mutasaddilarga tegişli tartibda xabar berib, mavjud qonunga zid holatlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.
— Yoşligimdan içki işlar organida xizmat qilişni orzu qilardim, — deydi «Xöja Yusuf» mahallasiga biriktirilgan xavfsiz hudud posboni Bekzod Qobilov. — Bugun maqsadimning bir qismiga erişganimdan xursandman. Kelgusida bildirilgan işonçni oqlab, içki işlar idoralarida xizmat qilaman.
Xavfsiz hudud posbonlari tuzilmasida xizmat qiliş istagida bölgan yoşlar köpçilikni taşkil etdi. Mutasaddilar tomonidan belgilangan talablar asosida eng munosiblar tanlab olindi.
Şuningdek, şaharda «Huquqbuzarlik va jinoyatçilikka qarşi kuraşişga barçamiz mas'ulmiz» mavzusida tadbir ötkazildi.












