Xalqimizga xos fazilatlardan biri – işonuvçanlik. Şu bois, eşigimizdan birov qaysidir idora xodim ekanligini aytib kelsa, sözining özi kifoya. Bundan firibgarlar şu qadar unumli foydalanadiki, söng esa dilxiraliklar yuzaga keladi.

Yaqinda jinoyat işlari böyiça Töraqörğon tuman sudida “Vodiygazta'minot” UK tuman filialida uy içi çilangari vazifasida işlab kelgan Zokirjon Hayitovga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi körib çiqildi. Jumladan, Z.Hayitov firibgarlik yöli bilan joriy yilning 13 iyun kuni X.Samatovga tabiiy gazdan 728 ming söm miqdorida qarzdorligi borligini aytib, uni 400 ming söm evaziga qoplab berişini va şunça miqdordagi mablağga yangi hisoblagiç keltirib berişini aytadi. Şu tariqa u X.Samatovning jami 800 ming sömini aldov yöli bilan olişga erişadi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

Xuddi şunday yöl bilan fuqaro B.Mirzayevni “çuv” tuşiriş niyatida 1 mln 975 ming söm qarzdorligi mavjudligini aytib, uni 600 ming söm evaziga qoplaş hamda qarzdorligi yöqligi töğrisida ma'lumotnoma olib berişni va'da qiladi. Dastlab olingan 300 ming sömni B.Mirzayevning yaşaş xonadoni abonent raqamiga poçta orqali tölagan Z.Hayitov idorasining kiriş qismida kelişilgan pulning qolganini olgan vaqtida MIB xodimlari tomonidan uşlandi.

Holat yuzasidan Z.Hayitovga nisbatan qilmişiga yaraşa jazo tayinlandi.