Kun.uz tahririyati 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili munosabati bilan Özbekistonning turli viloyatlariga ijodiy safar uyuştirib, rahbarlar, mutasaddilar va aholi bilan muloqot ötkazişda davom etmoqda. Tahririyatning navbatdagi safari Surxondaryo viloyatiga böldi.

Safar davomida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov bilan turli masalalarda oçiq suhbat bölib ötdi. Uşbu suhbat davomida viloyatda mavjud muammolar tilga olindi va ularning hal etilişi borasida fikrlar örtaga taşlandi. Istiqboldagi rejalar oydinlaşdi.

«Surxondaryo viloyati hokimi sifatida faoliyat yuritayotganimga bir yil tölgan bölsa, şu vaqt orasida 37 marta tumanlarga borib, xalq bilan oçiq muloqotlarni ötkazdim. Aholi bilan muloqot qilib, ularning murojaatlarining aksari öz joyida hal qilindi. Birdan hammasi bir yil içida iziga tuşmaydi, ammo özgarişlar katta, aytiş joizki, bu yil Surxondaryo uçun juda omadli keldi, desam adaşmayman», deydi viloyat hokimi.

Erkinjon Turdimov ta'biri bilan aytganda, Özbekistonning eng tinç hududida majburiy mehnatning har qanday şakliga barham berilgan. «Ayrim quyidagi rahbarning özboşimça harakati bilan xizmat vazifasi davrida paxta terimiga jalb qilingan öqituvçi yoki şifokorni dalada körib qolsam, öşa rahbarni, albatta, jazoladim», deb fikr bildirdi u.

Erkinjon Turdimov taşabbusi bilan har bir tuman rahbari haftada belgilangan bir kunda aholi oldida öz hisobotini e'lon qilib boradi. Bu bilan xalqning mahalliy hokimiyat vakillariga işonçi oşsa, ikkinçi tomondan, rahbarning har bir harakati şaffof va xolis ekani namoyon böladi. Qolaversa, suhbat çoğida ijtimoiy tarmoqlarda viloyat hokimi nomidan yuritilayotgan sahifalarni Erkinjon Turdimovning özi şaxsan öqib, javob qaytarişini alohida ta'kidlab ötdi.

«Yil boşida töplangan ma'lumotga köra, viloyat aholisining 61 foizi toza içimlik suvi bilan ta'minlanmagan. Şuning uçun, 50 mlrd. sömdan ziyod mablağ aholini ijtimoiy himoya qiliş, toza içimlik suvi bilan ta'minlaşga yönaltirilmoqda. Aslida, viloyat hududida yerosti suv manbalari kam, şuning evaziga bu borada olib borilişi zarur bölgan işlar birmunça murakkabdir», deya ta'kidlaydi u.