Taniqli xonanda va “Şuhrat” medali sohibi Hojiakbar Rahmatov olamdan ötdi. Xonanda şu kunga qadar Özbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlaşmasining “Navbahor” aşula va raqs ansambli oliy toifali xonandasi sifatida faoliyat yuritgan, deb xabar bermoqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati.
 
Uning aksariyat qöşiqlari ona-vatanga, zaminga muhabbat, ösib kelayotgan yoş avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşga bağişlangan. Faoliyati davomida Malayziya, Turkiya, Hindiston, Ukraina, Germaniya mamlakatlarida “Özbekiston madaniyati va san'ati kunlari” gastrol safarlarida bölib, özbek san'atini jahon xalqlariga yaqindan taniştirgan.  U ijro etgan “Zilolikda”, “Soçingni mayda örgin”, “Eşigingni bilmay oçdim”, “Zebo qiz” qöşiqlari el orasida maşhur edi.

Hojiakbar Rahmatov ansambldagi faoliyatida ustoz san'atkor sifatida san'atni rivojlantiriş, yoş xonandalarning professional mahorati va tajribasini oşiriş bilan birga ona yurtga muhabbat ruhida tarbiyalaş, ularning iste'dodlarini rivojlantiriş borasida talabçanlik va jonkuyarlik bilan mehnat qilgan. 

KUN.UZ tahririyati marhumning oila a'zolari va yaqinlariga çuqur ta'ziya bildiradi.