Turli boşqariluvçi texnika işlab çiqaruvçilari orasida kim tovuşdan ham tez harakatlanuvçi va ommaviy ravişda foydalanilişi mumkin bölgan samolyotni avvalroq taqdim etişi borasida haqiqiy jang boşlanib ketdi. Yaqinda eng yirik işlab çiqaruvçilardan biri - Lockheed Martin bu poygaga özining tovuşdan ham tez harakatlanuvçi biznes-jyeti yangi loyihasi bilan qöşildi.

Lockheed Martin kompaniyasi yangi loyiha doirasida Aerion kompaniyasi bilan hamkorlik qilmoqda, yangi samolyot esa AS2 deb nomlanadi. Samolyotni işlab çiqarişdagi asosiy innovatsiyaga uç dvigateldan iborat konstruksiya aylanadi, ikkitasi samolyot qanotlari ostida, uçinçisi esa – orqa qismida joylaşgan böladi. Bunday joylaşuv bölajak avialaynerning ham tezligi, ham aerodinamikasiga ijobiy ta'sir ötkazadi. Şuni ta'kidlab ötiş joizki, Lockheed Martin bunday konstruksiyani 2014 yilda taqdim etgan, biroq faqatgina hozir undan foydalanmoqçi. Bundan taşqari, samolyot saloni premium-segmentga muvofiq bölgan barça standartlar böyiça tayyorlanadi, avialayner Los-Anjyelesdan Sidneyga parvozni esa, işlab çiqaruvçilarning iddao etişiça, atigi 2 soatda bajara oladi.

Foto: Lockheed Martin

Aerion bilan hamkorlik tasodifan yuz bermadi. Gap şundaki, bu kompaniya istalgan havo kemasi uçun juda muhim bölgan aerodinamik korpuslarni loyihalaştirişda yetakçilardan biri hisoblanadi. Aerion uzoq vaqt davomida GE Aviation hamda Airbus kabi kompaniyalar bilan hamkorlik qilgan, Lockheed Martin bilan hamkorlik mevasi bölgan AS2 esa 2023 yilga qadar bozorga çiqarilişi lozim.