Airbus kompaniyasi dunyodagi eng katta seriyali yölovçi avialayner - A380’ni işlab çiqarişni töxtatmoqda.
Yevropa konserni xabariga köra, bunga Birlaşgan Arab Amirliklari uşbu samolyotlarga buyurtmani qisqartirgani sabab böldi. Yangilangan şartnomaga asosan Airbus avval nazarda tutilgan 162 bort örniga mamlakatga 123ta A380 yetkazib beradi.
Sönggi 14ta avialayner ikki yil davomida quriladi va BAAga taqdim etiladi hamda 2021 yilda Airbus ularni sotişni töxtatadi.
Ilgari kompaniya superlaynerlarga bölgan çeklangan talab tufayli A380 işlab çiqarilişi keskin pasaygani haqida e'lon qilgandi.
Ilk Airbus A380 2007 yilda foydalanişga topşirilgan. Ikki qavatli samolyot taxminan 850 nafar yölovçini qabul qilişi va 15,4 ming kilometr masofaga töxtovsiz parvozni amalga oşirişi mumkin. Uşbu avialaynerlar transatlantik parvozlar hamda Tinç okeani uzra ötuvçi yönalişlarga möljallangan.












