2018 yil yanvari örtalarida AQŞning Skotsdeyl şahrida Mercedes-Benz 770K Grosser Offener Tourenwagen avtomobili sotuvga qöyiladi. Bu maşinadan 1939 yil oktabridan 1941 yil mayigaça Adolf Hitlerning parad maşinasi sifatida foydalanilgan. Bu haqda Worldwide-auctioneers naşri xabar bermoqda.

Uşbu maşina Hitler uçun uning istaklari va şaxsiy haydovçisi Erix Kempkning  talablari asosida maxsus yaratilgan. Avtomobil 30 millimetrli zirhlangan old oyna, kuçaytirilgan kuzov panellari va pol, salonning orqa qismi ustidan maxsus himoya seksiyasi bilan jihozlangan. Bu seksiyani kötarib-tuşiriş mumkin.

Hammasi bölib bunday maşinadan 203 dona işlab çiqarilgan. Ayni vaqtda dunyoda bu avtomobildan 5 donagina saqlanib qolgan, ulardan uçtasi xususiy kolleksiyalarda saqlanadi. Bunday maşinalardan öz vaqtida Yaponiya imperatori Xiroxito, Norvegiya qiroli, diktatorlar Antoniu di Salazar va Fransisko Franko foydalangan.

Foto: motor.ru

Avtomobil 7,7 litrli, 8 silindrli, 230 ot kuçiga erişa oladigan dvigatel, 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Foto: motor.ru

Hitlerning “Mersedes”i 1945 yilda amerikalik harbiylar qöliga tuşgan va AQŞga jönatilgan. Maşina bir neça marta sotuvga qöyilgan. Maşina öz vaqtida Las-Vegasdagi Imperial Palace kazinosi kolleksiyasida saqlangan va Çikagodagi muzeyda tomoşaga qöyilgan. 

Foto: motor.ru

Maşinani neça pulga sotiş möljallanayotgani böyiça aniqlik kiritilmagan. Biroq şu ma'lumki, uni sotişdan olinadigan mablağning 10 foizi Xolokost masalalari bilan şuğullanuvçi ta'lim va jamoat taşkilotlariga ötkaziladi.