Hitler uni özining vorisi deya e’lon qilgan

Tarixiy hujjatlarga köra, 1945 yil 29 aprel kuni fyurer bunkerda muhim siyosiy kengaş ötkazadi. Unda hokimiyat Karl Dyonitsga topşiriladi. Dyonits armiya boş qömondoni va reyxprezident etib tayinlanadi, boşqaruv vakolatlari töliq unga ötadi, rasman Adolf Hitlerning izdoşiga aylanadi. Germaniya şimolidagi Flensburg şahrida yangi hukumat tuziladi.

Bu vaqtda Uçinçi reyx qöl ostida Germaniya şimolidagi yerlar, Daniya kabi kiçik hududlar qolgandi. 2 may kuni Dyonits “nemis halqiga murojaati”ni e’lon qiladi. Murojaatda mamlakatga yangi rahbariyat kelgani, Hitler öz joniga qasd qilib qahramonlarça (!) halok bölgani oçiqlangandi.

Garçi bundan buyoğiga qarşilik körsatiş böş qopni tik qöyişga urinişday besamar bölsa-da, yangi rahbar taslim bölişga şoşilmasdi. Balki, uning köngliga vaziyatni önglaş va qudrati söngan reyxning yangi hukmdorligiga örnaşiş rejasi kelgandir. Ammo yakunda hammasi pufakdek yorilib ketadi.

Taslim bölişdan boşqa yölni körmagan Dyonits imkon qadar SSSRning ğarbdagi ittifoqçilari bilan kelişişga urina boşladi: barça natsistlar qatori u ham kommunistlarning ayovsiz qasos olişidan xavfsirardi. Nihoyat 7 may kuni Dyonitsning vakillari Reymsda taslim böliş haqida aktni imzolaydilar.

Ammo mazkur kelişuvdan uruşda eng köp talafot bergan öjar bolşeviklarning köngli tölmaydi. Bir kun ötib Berlindagi Karlxorstda fon Keytel yana bir bor sözsiz taslim töğrisidagi aktga imzo qöyadi.

Karl Dyonits 

Dyonits kim edi?

Köpçilik tahlilçilarning fikriça, Dyonitsning Hitlerga ta’siri va natsistlar elitasi orasida obrösi unça katta bölmagan, jumladan, uning qudratini SS rahbari Gimmler va vitse-fyurer Gering bilan mutlaqo soliştirib bölmasdi.

Dyonits 1891 yil, Germaniya imperiyasida dunyoga kelgan. Birinçi jahon uruşida german harbiy flotida xizmat qilgan va uruş oxirida inglizlarga asir tuşgan. Peşonasiga natsistlar Germaniyasini sönggi lahzalarda boşqariş yozilgan uşbu harbiy Hitler hokimiyati davrida mansab pillapoyalaridan şiddat bilan kötarila boşlaydi.

Jumladan Dyonits 1942 yil admiral, 1943 yilda grossadmiral unvonlariga sazovor böladi.