Avstraliyaning Melburn şahri markazidagi yöllardan birida avtomobil yölovçilarni bosib ötdi. Politsiya ma'lumotiga köra, bu hodisa oqibatida 12 kişi jarohatlangan, OAV jabrlanganlar soni 20 nafarga yaqin ekanini aytmoqda.
Voqea joyida olingan fotosuratlarda yirik oq avtomobil köça örtasida töxtab turgani, uning atrofini odamlar örab olganini köriş mumkin.
Guvohlarning sözlariga köra, avtomobil haydovçisi tormoz bosişni xayoliga ham keltirmasdan harakatlangan. Politsiya haydovçini qölga olgan.
Hozirça bu holat terrorizmga aloqadorligi haqida ma'lumot yöq.
Qayd etiş kerakki, keyingi vaqtlarda terrorçilar Yevropa va AQŞ şaharlarida köp martalab avtomobilni yölovçilar ustiga haydaş orqali teraktlar sodir etgan.












