Bosch — avtoişlab çiqaruvçilar uçun dunyodagi eng yirik ehtiyot qismilari yetkazib beruvçilardan biri, kompaniya soha elektrifikatsiyasini qöllab-quvvatlaş uçun elektrokarlar ehtiyot qismlari uçun katta mablağlarni sarmoya qiladi. Biroq yaqin-yaqingaça Bosch eng muhim komponentlardan biri — akkumulyator batareyalarini işlab çiqarmas edi.
Bir yil avval kompaniya Seeo Inc. qattiq akkumulyator batareyalarini işlab çiqariş böyiça startapni xarid qilgandi, öşandan beri 2020 yilda bozorga çiqadigan yangi texnologiya - 50 kVt*s quvvat va 190 kilogramm oğirlikka ega batareyalar blokiga doir rejalari bilan kamdan-kam holatlarda bölişayotgandi. Şunday bölsa-da, akkumulyator işlab çiqariş haqida gap yöq edi. Biroq kompaniyaning sönggi izohlari Bosch 2018 yilda aynan şu iş bilan şuğullanmoqçi ekaniga işora qiladi.
Kompaniya boş ijroçi direktori Folkmar Dennerning sözlariga köra, Bosch 2030 yilga borib, 200 GVt*s quvvatga ega akkumulyator batareyalarini işlab çiqaruvçi zavodni işga tuşiriş uçun 20 milliard yevro sarmoya kiritişi mumkin. "Agar biz uşbu soha bozorining heç bölmaganda 20 foizini egallasak, bu bizga yetakçi pozitsiyalarni ta'minlaydi. Şunga qaramay, bunday sarmoyalar biz uçun tavakkal hisoblanadi, moliyaviy tomondan emas - bu borada Bosch'da muammolar yöq. Biroq biznes nuqtai nazaridan, bunday qarorlarni qabul qilişda ehtiyot bölgan ma'qul", - deya izohladi Denner. Şuningdek u agar kompaniya akkumulyator işlab çiqarişni boşlasa, bu qattiq batareyalarning yangi avlodi bölişini qöşimça qildi.
Agar Bosch şunday qaror qabul qilsa, bu akkumulyator batareyalarini işlab çiqarişga yönaltirilgan tarixdagi eng yirik sarmoya böladi. Hatto sohadagi eng yirik zavod hisoblanuvçi Nevadadagi Gigafactory 1 Tesla ham 105 GVt*s işlab çiqariş quvvatiga ega.
Biroq eng qiziği - kompaniyaning aynan qattiq akkumulyator batareyalarini işlab çiqarişga doir qaror qilganida. Ular hozirça litiy-ion batareyalardan ança xavfsiz hisoblanadi, biroq bu batareyalarning ham öziga yaraşa kamçiliklari bor. Bundan taşqari, hozirga qadar heç kim ularni katta hajmda va litiy-ion akkumulyatorlari bilan raqobatlaşa oluvçi narxda işlab çiqarmagan. 20 milliard yevrolik sarmoya buni töğirlaşi mumkin.
Benchmark konsalting kompaniyasi baholariga köra, yaqin bir neça yilda litiy-ion akkumulyatorlarini işlab çiqaruvçi 26 megafabrika faoliyat yuritadigan böladi. Ularning muayyan qismi ekspluatatsiyada, boşqalari esa 2021 yilga borib işga tuşadi. Tahlilçilar yiliga 1 GVt*s akkumulyator işlab çiqaruvçi zavodlarni megafabrikalar toifasiga kiritişadi.












