2017 yil sentabr oyida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi, 3-qismi “a,b,g” bandida körsatilgan jinoyatga qöl urib, jinoiy javobgarlikdan qoçib yurgan termizlik X.Şokirov 17 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg şahridan mamlakatga olib kelingan. Bu haqda Surxondaryo viloyati içki işlar boşqarmasi matbuot guruhi ma'lum qilgan, deb yozmoqda ÖzA.
Iyul oyida Denov tumanidagi Onadiyor köçasidagi 25-uyda, sentabrda Ogahiy köçasi, 20-uyda sodir bölgan öğriliklarning izi topilmagan. Körilgan çoralar natijasida bu jinoyatlarni Angor tumanida yaşovçi J.P. sodir etgani aniqlanib, undan aşyoviy dalillar olingan.
2016 yil iyun oyida Oltinsoy tumanidagi Xöjasoat dehqon va buyum bozorida Katta-Vaxşivor mahallasida istiqomat qiluvçi S.Jörayeva sumkasidan 400 dollar, 65 ming söm puli hamda otasi O.Jörayev va onasi S.Qahharovalarga tegişli fuqarolik pasportini öğrilatib qöyganini ma'lum qilgan edi. Mazkur jinoyatni sodir etgan Sariosiyo tumani Afrosiyob mahallasida yaşovçi 25 yoşdagi S.X. aşyoviy dalil bilan yaqinda qölga olingan.
Ta'kidlanişiça, Surxondaryoda qasddan badanga örtaça oğir tan jarohati yetkaziş ötgan yilning şu davriga nisbatan 26 taga, qasddan badanga oğir tan jarohati yetkaziş bittaga, qasddan badanga yengil tan jarohati yetkaziş 75 taga, qasddan odam öldiriş törttaga, öğirlik jinoyati 108 taga kamaygan.












