AQŞning Apple korporatsiyasi iPhone smartfonining avvalgi modellari işlaşini ataylab sekinlaştirişini tasdiqladi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.

Naşrning ma'lum qilişiça, Apple vakillari buni foydalanuvçilar haqida qayğurişlari bilan tuşuntirişgan. Ularning aytişiça, smartfonlarda örnatilgan litiy-ion akkumulyatorlar vaqt ötgani sari kuçini yöqotadi. Şu sababli ularning quvvati, misol uçun smartfonni sovuq havoda işlatiş vaqtida yetmasligi va buning oqibatida qurilma birdan öçib qolişi mumkin. 

Bu yuz bermasligi uçun Apple kompaniyasi iOS operatsion tizimiga özgartirişlar kiritgan. Bu özgartirişlar evaziga ba'zi dasturlar quvvat yetmaganda bajarilişi sekinlaşgan. Uşbu özgarişlar iPhone 6, 6s va SE modellariga taalluqli bölgan, operatsion tizim yangilanişi bilan iPhone 7’da ham paydo böladi.