Barçaga yaxşi ma'lum-ki, 24 dekabr kuni Toşkent şahar xalq deputatlari tuman Kengaşlariga saylov bölib ötadi. Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi ham ana şu saylovlarda iştirok etadi. Şu munosabat bilan partiyaning bir guruh faol a'zolari poytaxt köçalarida tarğibot-taşviqot işlarini olib bormoqda. Bu haqda partiya Axborot xizmati ma'lum qilgan.
Tarğibotçilar partiya bayroği va şiorlari yozilgan bannerlarni poytaxtning barça köçalari va mahallalaridan olib ötişgan. Ovoz kuçaytirgiç orqali “Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering”, degan şior bilan fuqarolar tarğib etilgan.




















