Bugun «El-klasiko». Bu öyinga ortiqça ta'rif berib ötirişning hojati yöq. Dunyo futbol muxlislarini ikkiga ajratuvçi öyin yana e'tiborimiz markazida böladi. Tribuna.Uz barça davrlarning eng zör qarama-qarşiligiga batafsil töxtaladi.


ReAL - BARSeLONA
Boş hakam: Xose Mariya Sançes Martines
Boşlaniş vaqti: 23 dekabr, 17:00
Translyatsiya: UzReport TV, Pervyy kanal

Bu öyinning kattaligi uşbu sahifamizga siğmaydi, bu aniq. Albatta, bu saytda ham, boşqa manbalarda ham bu öyin haqida kattaroq prevyular yozilişi şubhasiz. Biz esa, doimiy format çegarasidan çiqmagan holda, bu öyin haqida ham eslab ötib ketamiz. 

Öyin oldidan
Öyin El Klasiko uçun noodatiy bölgan vaqtda, juda erta boşlanişiga e'tibor qaratişingiz mumkin. Bu yerda xitoylik tomoşabinlar ham hisoblaşilgani avvalroq ma'lum qilingandi. 

«Barselona» Yevropada hali uşbu mavsumda ligada mağlubiyat nimaligini bilmay kelayotgan uç jamoadan biri. Sönggi öyinlarda öz öyinini topib olgan va yaqinda Klublar örtasidagi jahon çempionatini yutib, yaxşi kayfiyatda bölib turgan «Real» uşbu seriyani buziş uçun juda munosib nomzoddir. Buning ustiga, bumavsumda faqat «Real» Valverde jamoasini mağlub eta oldi – esingizda bölsa, avgustda bölib ötgan Ispaniya Superkubogining har ikki öyinida «Real» ğalaba qozongandi.  

Yöqotişlar
Muhimi, madridliklarda jarohatlangan futbolçilar deyarli qolmadi va Zidanda uşbu öyinda turli variantlarni sinab köriş uçun yaxşi imkoniyat bor. Beylning safga qaytgani, ammo asosiy tarkibda tuşmasligi, Kriştianuning aynan şu öyin uçun alohida tayyorlanayotgani haqida xabarlar çiqib turibdi. 

«Barselona»da esa aksinça, Samuel Umtitiga qöşilib, Alkaser ham safdan çiqdi. Hujum çiziğidagi yana bir variant Delofeuning öyinga tayyor bölişi dargumon. Usmon Dembele maşğulotlarga kirişgan bölsa-da, u jarohatidan oldin ham hali jamoa öyiniga kirişib ulgurmagandi, undan katta yordam kutiş qiyin. Xayriyatki, Inesta safga qaytdi va «Deportivo» bilan öyinda muxlislar eski «Barselona»ni ham, nihoyat gol urişni boşlagan Luis Suaresni ham körişdi.