1995 yilda yaratilgan, Germaniyaning davlat qarzini körsatuvçi soat 22 yil içida birinçi marta teskarisiga, ya'ni qarzning kamayib borişi tomon hisob olib bormoqda. Germaniyaning deyarli 2 trln yevroga yetgan qarzi endi kamaymoqda.

Soat Berlindagi Germaniyalik soliq tölovçilar uyuşmasining (BdSt) boş qarorgohida örnatilgan. 22 dekabrdan bu soat mamlakat davlat qarzining har soniyada 78 yevroga qisqarayotganini körsatmoqda.

Uyuşma Germaniyaning 16 ta federal yerining byudjyet rejalaştirişini va davlat uluşining qisqarişiga qöşgan hissalarini yuqori baholagan.  

“Bir neça yillar avvalgina federal hukumat va yerlar hukumatlari quloqlarigaça qarzga botgandilar. Biroq ayni vaqtda yoş avlodlarga ziyon yetkazayotgan siyosatga çek qöyildi”, deb aytgan BdSt rahbari Rayner Xoltsnagel. 

U Germaniya hukumatini profitsit byudjyet va davlat qarzini qisqartiriş kursini saqlab qolişga çaqirgan.