Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirovning Instagram ijtimoiy tarmoğidagi sahifasi işlaşdan töxtadi.

@kadyrov_95 sahifasiga kirişga uriniş çoğida unga kiriş mumkin emasligi haqidagi xabar kelib çiqmoqda. Şuningdek siyosatçining Facebook’dagi sahifasi ham işlamayapti.

AQŞ joriy haftada Qodirov va yana tört nafar rossiyalikni "Magnitskiy röyxati"ga kiritdi. Qodirovning özi esa buni Qöşma Ştatlar unga butun umrini terrorizm bilan kuraşga bağişlaganini keçira olmayotgani bilan tuşuntirdi. 

Çeçeniston hukumatining fikriça, Qodirovning akkaunti işidagi nosozlik texnik muammolar bilan boğliq emas. "Bu Rossiyani haqqoniy ovoz, samimiy fuqarolik pozitsiyasidan mahrum etişga bölgan navbatdagi uriniş", - deya aytib ötgan Çeçeniston Respublikasining milliy siyosat, taşqi aloqalar, matbuot va axborot böyiça vaziri Jambulat Umarov.

Uning işonç bildirişiça, Qodirovni töxtatişga yönaltirilgan istalgan harakat yuz minglab javob aksiyalariga sabab böladi. "Biz bundan keyin ham davlatimiz manfaatini barça usullar bilan faol himoya qilişda davom etamiz, agarda lozim bölsa, bizning yetakçimiz aytganidek, jang maydonida ham", - deya ma'lum qilgan vazir.