SAVOL: Maktabda 2008 yildan buyon qorovul vazifasida işlayman. Maktabda ikki ştat birligi mavjud. Ikkinçi qorovul şerigim 2010 yildan buyon işlab kelmoqda. Şu yillar davomida ikkalamiz ham biror marta mehnat ta'tili olmaganmiz. Maktab rahbariyatiga murojaat qilganimizda ikki kişi bölganimiz uçun bizlarga ta'til beriş mumkin emasligini aytişdi. Şu töğrimi?
Kozim Şamsiyev
JAVOB: Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 133-moddasiga köra, mehnat ta'tili barça xodimlarga beriladi. Şu jumladan, örindoşlik asosida işlayotgan xodimlarga, dam oliş va iş qobiliyatini tiklaş uçun iş joyi (lavozimi) va örtaça iş haqi saqlangan holda yillik mehnat ta'tillari beriladi.
Savolga huquşunos Umida Abdusalomova javob berdi.
Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.












