Saudiya Arabistoni hukumati korrupsiyada ayblov bilan hibsga olingan şahzoda Al-Volid bin Talol öz ozodligi uçun 6 mlrd dollar töla6 berişini talab qilgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar bermoqda. 

Manba ma'lumotlariga köra, milliarder korrupsiyada ayblangan boşqa  şaxslar bilan birga Ar-Riyoddagi mehmonxonada uşlab turilibdi. Naşrning ma'lum qilişiça, söralayotgan miqdor Saudiya Arabistoni hukumati hibsga olinganlardan ozodlikka çiqarilişlari uçun talab qilgan eng yirik summalardan biridir.

Ma'lum qilinişiça, şahzoda hozirça bu pullarni tölaşdan boş tortmoqda. Ta'kidlanaşiça, agar şahzoda bunga rozi bölsa, unda korrupsiya böyiça ayblovni tan olgan böladi. Şahzoda esa bu ayblovni tan olmayapti. Milliarder buning örniga Saudiya hukumatiga özining Kingdom Holding konglomeratidagi uluşining bir qismini taklif qilmoqda. Forbes talqiniga köra, şahzodaning barça aktivlari 18,7 mlrd dollarni taşkil qiladi. 

Şahzoda Al-Volid bin Talol Saudiya Arabistonining ilk qiroli Abdulaziz bin Saud Ol Saudning nabirasi, 20-şahzoda Talol bin Abdulaziz Ol Saudning öğli hisoblanadi. Şahzoda Citigroup, Twitter, 21st Century Fox, The Walt Disney Company kompaniyalarida uluşga ega.