Doogee kompaniyasi joriy yilda sotuvga çiqqan işonçli himoyalangan S30 va S60 smartfonlari ketidan 2018 yilda uçinçi - S50 "ölmas" smartfonini işlab çiqarişni rejalaştirmoqda. Kompaniya saytida şu haqida xabar berildi.
Doogee'ning mustahkam smartfonlaridan foydalaniş tajribasiga ega kişilar yangi qurilmaning sotuvga çiqişini sabrsizlik bilan kutişmoqda. Yangi smartfon ekstremal şaroitlarda sayohat qiliş va suratga olişni yaxşi köruvçilarni qiziqtirişi aniq.

Doogee'ning S-seriyali smartfonlari asosan tabiat qöynida sayohat qilişni yoqtiradiganlarga möljallangan. Uşbu seriya qatoriga qöşiluvçi S50 smartfoni IP68 standarti talablariga muvofiq namlik, çang va yerga tuşişdan himoyalaniş tizimi tufayli favqulodda şaroitlarda foydalanişga ham töğri keladi. U 1,5 metrgaça bölgan suvda 24 soatgaça qolib ketsa ham, heç qanday asorati bilinmaydi. Bu esa sayohatsevarlar uçun ayni muddao.

Smartfonda kameralarning bölişi betakror manzaralar va lavhalarni tarixga muhrlaşga harakat qiluvçi sayyoh uçun öta muhim. Doogee birinçi marta himoyalangan smartfonni tört kamera bilan jihozlamoqda. Doogee S50'ning orqa panelida 16 va 13 Mp sensorli va fazaviy avtofokusli ikki kamera mavjud, old panelida - keng burçakli 16 va 8 Mp'li selfi kameralari. Kameralarning "Panorama", "Gözallik", "Professonal", "Tungi" kabi qator rejimlarni qöllab-quvvatlaşi sayohat haqidagi xotiralarni saqlab qolişga harakat qiluvçi suratkaşlarni xursand qilişi aniq.

Doogee S50 sayohatda qöl keluvçi köplab navigatsion jihozlar bilan ta'minlangan. Ma'lumotlarga köra, smartfonda GPS resiveri, raqamli kompas va giroskop mavjud.











