13:10 / 26.12.2017
12421

Afsonaviy darvozabon Peterburg teraktida jabrlangan qizga sovg‘a berdi

Foto: Sovetskiy sport

Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan Sankt-Peterburg shahri metrosida yuz bergan terakt vaqtida jabrlangan qiz Evelina Antonovani qo‘llab-quvvatlab, unga o‘z futbolkasini hadya qildi. Bu haqda «Sovetskiy sport» xabar bermoqda. Bu boradagi tegishli videolavha esa Sputnik Deutschland axborot agentligi tomonidan e'lon qilindi.

Evelina sovg‘ani «Zenit» stadionida qabul qilib olgan. Kan qizga «Bavariya» futbolkasi, dastxati qo‘yilgan disk va maktub yuborgan, unda esa qo‘llab-quvvatlov so‘zlari yozilgan.

«Oliver Kan! Oliver Kan men haqimda biladi! Men, rostini aytsam, tasavvur ham qilmagan edim. Bu juda yoqimli!

Har doim qo‘llab-quvvatlov so‘zlariga ega sovg‘alarni qabul qilish yoqimli, ular ijobiy energetika beradi, va bu ko‘p narsaga erishgan hamda senga ham shuni tilayotgan odamlardan kelsa, ayniqsa juda quvonchli», - deya qizning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sputnik.

Mavzuga oid
Top