Rahmatjon (ism-familiyalar özgartirilgan) kirakaş, Toşkentga qatnaydi. Qöqon şahridagi bekatda yoş yigit yöl haqini suriştirdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.

- Bir özim ketaman. Qança böladi?

- Sakson ming söm.

- Böpti, ketdik.

Yölovçi qöl telefonida gaplaşdi. “Toşkentga boryapman. Tezlaştiramiz. Xotirjam bölavering. “Matiz”ning kalitini özim eltib beraman”. Suhbatining mazmunidan avtomobil savdosi bilan şuğullanadiganga öxşardi. “Turişidan boyvaçça, tört yölovçining pulini bir özi tölayapti”, deya xayolidan keçdi haydovçining. Qayerliksiz, ismingiz nima? – deb söradi.

- Ismim Abdusami. Buvayda qişloğidanman, - dedi u.

- Nima iş qilasiz?

- Maşina savdosi bilan şuğullanaman.

- Jiyanim “Damas” olmoqçi edi. “Damas”ni salondan qançaga olsa böladi?

- Davlat narxi yigirma yetti million söm. Ön bir ming yetti yuz dollar tölov qilinsa, töqqiz oy, uzoği bir yilda qölga tegadi. Avtosalondagi taniş dillerlar uç-tört oyda yetkazib berişyapti.

- Salondan olgani qanaqa hujjatlar kerak?

- Pasport nusxasi, soliq idorasidan STIR bölsa bas.

Rahmatjon jiyaniga SMS xabar yubordi. Bir ozdan keyin jiyani telefon qildi.

- Avtodillerni Toşkentga olib ketyapman, - dedi Rahmatjon.

- Seni aytdim. Telefonni beryapman. Özing gaplaşgin.

Jiyani Abdusamidan sörab-suriştirdi.

- Xöp desangiz, tanişlarim orqali olib beraman, - dedi Abdusami.

- Böpti, - dedi Xolboy. – Rahmatjon akam sizni qaynotam bilan köriştirib qöyadi.

Toşkent şahridagi manzilga yetib kelişdi. Abdusami yölkirani berib, qora “Malibu”ga ötirib ketdi. Kirakaşning telefoni jiringladi.

- Aka, tag-tugli odammi? – söradi Xolboy. – Işqilib, çuv tuşib qolmaymanmi?

- Aytganiday, Toşkentda dillerni şerigi kutib oldi, - dedi işonç bilan Rahmatjon.