Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev jurnalistlarga bergan intervyusida mamlakatdagi uy-joy masalasi haqida töxtalib ötdi, deb xabar qilmoqda Tengrinews.kz.

Davlat rahbarining ta'kidlaşiça, uy-joy muammosi barça mamlakatlarda bor.

"Bizning davlat eng urbanizatsiyalangan (jamiyat rivojlanişida şaharlar rolining oşiş jarayoni) emas. Bizda aholining qariyb 40 foizi qişloq joylarda yaşaydi, qişloqlarda esa atigi 20 foizi işlaydi. Ular şaharlarga kelişmoqda. Qarang, bizda hozir "Uyqurilişjamğarma" bor. Inson ma'lum bir summani yiğadi – 50 foiz, qolganini bank kreditga beradi, hamda u özining kvartirasini sotib oladi, keyin esa pullarni tölab boradi", - deya ta'kidlab ötdi Nursulton Nazarboyev.

Qozoğiston prezidenti qozoğistonliklarga ijaraga uy-joy taqdim etiş prinsipiga ham töxtalgan. "Ehtiyojmandlar uçun pul tölovisiz ijara bor: nogironlar, uruş faxriylari mavjud, bunday odamlar uçun bu dastur pul tölovisizdir. Uçinçisi – bu xususiy uy-joy qurilişi: menga 10 sotix belgilanganmi, beringlar, men qura boşlayman", - deya misol keltirgan Nazarboyev.

Uning ta'kidlaşiça, bugun işlayotgan har bir odam özining uy-joyiga ega bölişi mumkin. "Agarda uyda ikki kişi işlasa, ular ipotekani tölaşlari mumkin. Biroq uyga işlayotgan odam egalik qiladi. Sen heç qayerda işlamasang, uyda ötirsang va yana kvartira berişlarini xohlaysanmi? Yöq bunaqasi. Hozirgi bozor şaroitlarida davlat heç kimga kvartirani bepulga berişi kerak emas va buni qila olmaydi ham. Davlat bunday odamlar uçun yordam berişi, foiz stavkasini pasaytirişi esa boşqa masala. Ijara uyini quriş uçun pullar hokimiyat tomonidan past stavka bilan beriladi. Aynan şu kam ta'minlangan va köp bolali oilalarga taqdim etilayotgan yordamdir", - deya qöşimça qilib ötdi Qozoğiston prezidenti.