Samarqand şahar jinoiy işlar böyiça sudi Tojikistondan giyohvand moddalar kontrabandasiga ixtisoslaşgan uyuşgan jinoiy guruh (UJG) a'zolariga nisbatan jinoiy işni körib çiqdi.

Guruhga Urgut tumanida yaşovçi 6 nafar şaxs kirgan, ular qöşni davlatdan giyohvand moddalarni yetkazib beriş uçun kanal taşkil qilgan.

"MXX tezkor xodimlari tuman hududida 33 yoşli Elbek Törayev rahbarligida uyuşgan jinoiy guruh harakat qilayotgani haqida ma'lumot olişadi. E.Törayev va uning hamtovoqlari qöşni Tojikistonning çegaraoldi qişloğida yaşovçi Mardonboy ismli şaxs bilan aloqa örnatişgan bölib, undan köknorning yirik partiyalarini xarid qilişib, söng davlat çegarasining nazorat qilinişi murakkab bölgan uçastkalari orqali Özbekistonga kontrabanda yöli bilan olib kirişgan", - deya aytib ötdi sud idorasi vakili.

Ötkazilgan maxsus amaliyotlar natijasida UJG rahbari E.Törayev va uning hamtovoqlari E.Hamroyev, A.Xuşvaqtov, O.Payziyev, A.Möminov hamda L.Ibragimov qölga olindi. Guruh a'zolarining uylari tintuv qilinganda, köknorning yirik partiyalari, elektron tarozilar, giyohvand moddalarni olib ötişda işlatilgan ikkita avtomaşina, jinoiy yöl bilan olingan 50 million sömdan ortiğ mablağ, 2 ta röyxatdan ötkazilmagan ov miltiği olib qöyildi.

Sud vakilining ma'lum qilişiça, E.Törayev va uning hamtovoqlari eşituvlar çoğida öz ayblarini töla tan olişdi hamda özlarining jinoiy faoliyatlari, şuningdek giyohvand moddalarni Tojikistondan kontrabanda yöli bilan olib ötişning taşkillaştirilişi haqida gapirib berişdi. Ular şu yöl bilan 20 kilogrammdan ortiq köknorni olib ötişga muvaffaq bölişgan.

UJGning barça a'zolari körib çiqilgan materiallar hamda aşyoviy dalillar asosida aybdor deb topildi va Özbekiston Jinoyat kodeksining qator moddalari böyiça 12 yildan 15 yilgaça bölgan muddatga ozodlikdan mahrum etildi.