Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 26 dekabr kuni Moskva şahrida bölib ötgan Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi Davlat rahbarlari kengaşining norasmiy uçraşuvida iştirok etdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga köra, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Novo-Ogaryovo qarorgohida Şavkat Mirziyoyevni Vladimir Putin kutib oldi.

Suratga tuşiş marosimidan söng MDH davlat rahbarlarining uçraşuvi boşlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini taşrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDH raisligi yakunlari haqida töxtalib ötdi. Joriy yil özaro integratsiyani mustahkamlaş va taşkilot nufuzini oşiriş böyiça muhim işlar amalga oşirilganini ta'kidladi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev joriy yilda Özbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboşlaş hajmi sezilarli oşganini ta'kidladi. Özaro manfaatli hamkorlik a'zo davlatlarni uzviy boğlab turişi, uşbu uçraşuv aloqalarga yangi sur'at bağişlaşini qayd etdi.

2018 yil Rossiyada böladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, Prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta'kidlandi.

Uçraşuvda Hamdöstlik davlatlari örtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantiriş, xavfsizlikni mustahkamlaş, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini oliş masalalariga e'tibor qaratildi. 

Ma'lumki, Özbekiston MDH doirasidagi hamkorlikda faol iştirok etib kelmoqda. Prezidentimiz şu yil 10-11 oktabr kunlari Soçi şahrida bölib ötgan MDH Davlat rahbarlari kengaşi majlisida iştirok etdi. 3 noyabr kuni Toşkentda Hukumat rahbarlari kengaşi yiğilişi ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimizning taşqi siyosatidagi ustuvorliklar ham aytib ötildi. Mamlakatimiz, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi bilan aloqalarni yangi bosqiçda davom ettirayotgani ta'kidlandi. “Özbekistonning taşqi siyosatida Markaziy Osiyo – boş ustuvor yönaliş” tamoyili asosida qöşni davlatlar bilan munosabatlar mustahkamlandi. Bu Hamdöstlik doirasidagi aloqalar rivojida ham muhim örin tutadi.

Uçraşuvda tomonlarni qiziqtirgan boşqa masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.