Guliston tumanidagi barça ta'lim muassasalarida 2017-2018 yilgi kuz-qiş mavsumi barqaror ötkazilişi qat'iy nazoratga olinadi. Sirdaryo viloyati Guliston tumani xalq ta'limi bölimi KUN.UZ tahririyatiga yöllagan javob maktubida şu haqda söz boradi.
Hujjatda qayd etilişiça, kun.uz saytida Guliston tumanidagi 14-maktabda öquvçilar sovuq xonalarda dars maşğulotlari ötayotgani haqida “Guliston tumanida ikki xil holat: biri issiq, biri sovuq” nomli maqola çop etilganidan söng, Sirdaryo viloyati prokurori, tuman hokimi, tuman içki işlar bölimi boşliği, tuman soliq inspeksiyasi boşliği birgalikda mazkur maktabga taşrif buyurgan.
Javob maktubida yozilişiça, viloyat prokurori va tuman sektor rahbarlari maktabni hudud gaz tarmoğiga ulaş böyiça amaliy çoralar köriş hamda şu maqsadda 23 mln söm ajratişga kelişib olişgan.
Şu kunning özida “Bunyodkor Mega stroy” MÇJ bilan şartnoma imzolanib, dastlabki quriliş va loyihalaş işlarini boşlaşi uçun tuman moliya bölimdan 1 mln 250 ming söm MÇJ hisobiga ötkazildi hamda işçilar tomonidan maktabni gaz tarmoğiga ulaş işlari boşlandi, deya ta'kidlanadi maktubda.

Albatta, Tahririyat körilgan çoralarni yuqori baholagan holda, ularning faqat qoğozda qolib ketmasligini, berilgan va'da ijrosi bilan gözalligini tuman mutasaddilariga eslatib qöyişni ma'qul, deb biladi.











