WeChat servisi Xitoydagi rasmiy identifikatsion tizimga aylanadi. South China Morning Post şu haqida xabar berdi. 

Dastlabki dastur Gançjouda yölga qöyilgan bölib, 2018 yilning yanvaridan u butun Xitoy hududi böylab işga tuşadi. WeChat hukumat taşabbusi bilan an'anaviy guvohnomalar örnini bosuvçi şaxsning virtual guvohnomasiga aylanişi kerak.

Servisning virtual ID-kartalari ularning egalariga davlat xizmatlari va yetkazib beriş xizmatlaridan foydalaniş, mehmonxonalarda röyxatdan ötiş, çiptalar xarid qiliş va boşqa işlarni amalga oşiriş imkonini beradi. 

Xitoy aholisi ID-kartaning ikki xil versiyasiga ega bölişi mumkin: masalan, internet-kafelarga töğri keluvçi "yengil" versiya va biznesni röyxatdan ötkaziş imkonini beruvçi "ilğor" versiya, deya aniqlik kiritiladi Teçnode'da.

WeChat 2011 yilda messenjer sifatida faoliyatini boşladi, endi esa servisga tölovlarni amalga oşiruvçi onlayn-platforma ham kiradi. Tencent (servis unga qaraşli) ma'lumotlariga köra, servisdan oyiga 980 million kişi foydalanadi.