Xitoyning Xiaomi kompaniyasi iPhone X’ning boşqaruvni imo-işora yordamida amalga oşiriş funksiyasini köçirib oldi. Smartfon bilan özaro harakatning yangi usuli MIUI 9 proşivkasining beta-nusxasida mavjud, deb yozmoqda Phonearena naşri.

Tizimning sinov versiyasida imo-işoralar Mi Mix va Redmi 5 seriyali qurilmalarda bor. Masalan, ilovani yopiş uçun barmoq bilan ekranning pastki çegarasidan yuqoriga qarab yuritiş kerak. Köp vazifalikni çaqiriş uçun esa ekran pastiga tegiş lozim, biroq barmoqni bir soniyaga uşlab turiş talab etiladi.

Foydalanuvçilar dasturlarga tezlik bilan kirişlari ham mumkin, bu ekran markaziga çapdan yoki öngdan işora qiliş bilan amalga oşadi. iPhone X’da ham xuddi şunday boşqaruv işoralari qöllaniladi, sababi smartfon Home tugmaçasini yöqotdi.

Eslatib ötamiz, sentabr boşida, Mi Mix 2 taqdimoti vaqtida Xiaomi Janubiy Koreyaning Samsung va Amerikaning Apple kompaniyasi ustidan kulgandi. Xitoy kompaniyasi slaydlardan birida smartfonlarni foydalanuvçilar yuzi körinişida tasvirladi, undagi soçlar va soqol esa displey atrofidagi ramkalarni bildirgan.