Garçi 2017 yil tugaşiga sanoqli kunlar qolgan bölsa-da, yölsozlar uçun tugayotgan yilning yakunlariga nazar taşlab, erişilgan natijalarni sarhisob qiliş, şu bilan keyingi vazifalarni belgilab oliş muhim. Yakuniga yetayotgan 2017 yil soha uçun qanday natijalar bilan yodda qoladi? — deb yozadi Avtomobil yöllari davlat qömitasi matbuot xizmati

Avvalo ta'kidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevralda qabul qilingan «Yöl xöjaligini boşqariş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmon bilan bir qatorda «2017–2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yöllarini rivojlantiriş dasturini amalga oşiriş çora-tadbirlari töğrisida» hamda «Özbekiston Respublikasi Avtomobil yöllari davlat qömitasi va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarorlari sohaning keyingi rivoji uçun dasturilamal bölib xizmat qildi.

 

Şu örinda ötayotgan bir yil davomida erişilgan natijalarga aniq misollar yordamida murojaat qilsak. Demak...

2017 yilda 6.513,5 km.dan ortiq umumiy foydalanişdagi va mintaqaviy avtomobil yöllarida quriş, qayta quriş hamda ta'mirlaş işlari olib borildi. Bu ötgan 2016 yilga nisbatan 156,0 foizni taşkil qiladi. Jumladan:

Investitsiya dasturi böyiça:

Investitsiya dasturi asosida 260 km uzunlikdagi avtomobil yöllari rekonstruksiya qilindi.

 

 

Ta'mirlaş dasturi böyiça:

Xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi 175,5 km umumiy foydalanişdagi avtomobil yöllari kapital ta'mirlandi.

Mintaqaviy (içki) yöllarni ta'mirlaş böyiça:

3.228 km dan ortiq mintaqaviy avtomobil yöllari ta'mirlandi. Şuni aytiş lozimki, Prezident qarori böyiça joriy yilda 2.700 km içki yöllar ta'mirlanişi közda tutilgan bölib, bu körsatkiç böyiça 119,6 foizlik natijaga erişildi.