Namibiya Boş vaziri örinbosari, Taşqi işlar vaziri payşanba kuni yuz bergan avtohalokatda tirik qolgan. Politsiya tarqatgan ma'lumotga tayanib ​mahalliy naşrlarning xabar berişiça, ularga hamrohlik qilgan uç nafar şaxs voqea joyida halok bölgan. 

Ma'lum qilinişiça, mamlakat şimolida yuz bergan voqeada oq rangli yuk maşinasi Boş vazir örinbosari Netundo Nandi-Ndaitva harakatlanib ketayotgan eskort bilan töqnaşib ketgan.

Namibian Sun naşrining xabar berişiça, Nandi-Ndaitva oğir tan jarohati bilan şifoxonaga olib borilgan. Hozirça uning ahvoli yaxşi ekanligi aytilmoqda. Payşanba kuni oqşomda uni poytaxtdagi şifoxonalardan biriga vertolyot orqali olib boriş rejalaştirilmoqda.