Kremniy vodiysida quyoş panellarini örnatiş va işga tuşiriş bilan şuğullanuvçi Cinnamon Energy Systems kompaniyasi rahbari Barri Sinnamon Green Tech Media'da elektr energiyasi va generatsiya saqlaş uy tizimini rivojlantiriş, şuningdek 2018 yilda aqlli uy qurilmalarining energetik muvozanatiga doir 10 taxmini bilan bölişdi.
Barri Sinnamonning fikriça, kelgusi yilda bizni aqlli uy qurilmalari tanazzuli, quyoş energiyasi bilan ta'minlanişga ötiş va turar-joylar tomlaridan simlarning yöqolişi kutmoqda.
1. AQŞda quyoş modullarini işlab çiqariş avvalgi darajada qoladi
Yangi avlod panellarini keng kölamda işlab çiqariş uçun milliardlab dollar va uzoq muddatli investitsiyalar kerak böladi. Töğri siyosat yuritilgan taqdirda, sanoat haqiqatda panellar va komponentlar işlab çiqarişni yölga qöyişi mumkin. Afsuski, bu investitsiyalarni qöllab-quvvatlaşga doir siyosatini yuritiş hozirça AQŞ hukumati uçun ustuvor ahamiyatga ega emas, şu bois 2018 yilda özgarişlar kuzatilmaydi.
2. Quyoş panellari tanqisligi 2018 yilning yozigaça davom etadi
Elektr energiyasi tariflarini oşiriş tahdidi quyoş panellariga bölgan talabni oşirdi. Bu vaqtda buyurtmalarni portga yöllaş uçun bir oyça vaqt kerak böladi, xorijdan konteynerlarni yetkazib beriş uçun esa - yana bir oy kerak böladi va bularning bari bir şart bilan - panellar omborda joylaşgan böladi. Şuning uçun tanqislik 2018 yilning II çoragi oxirigaça davom etadi.
3. Uylarning tomlaridan simlar yöqoladi
Bulutli yeçimlar quyoş panellarining ajralmas qismiga aylanadi. Tajribali pudratçilar uyali monitoringga bir neça yuz dollar sarf qiliş kabel orqali begona provayderlarga ulaniş va uy tarmoğidagi nosozliklar sabab yöqotişlarni kompensatsiya qilişdan köra foydaliroq ekanini anglab yetişmoqda.
4. Oddiy quyoş modullari toifa sifatida yöq bölib ketadi
Oddiy quyoş panellari NEC Rapid Shutdown talablariga muvofiq yöq qilinadi. Faqat ikki yeçim qoladi: modul darajasidagi quvvat elektronikasi yoki panellarni tez foydalaniş imkonini beruvçi qöşimça bloklar. Hozirga qadar an'anaviy panellarni örnatuvçi kompaniyalar ularning bozordagi uluşiga nima bölgani borasida boş qotirişmoqda.
5. Quyoş energiyasi iste'molçilari öz-özini ta'minlaşga ötadi












