AQŞning MSNBC telekanali jonli efirida tirannozavr kiyimida uç kişi paydo bölgani Twitter foydalanuvçilarini zavqlantirdi.
Efirning videosi telekanalning tvitterdagi rasmiy kanalida joylaştirilgan. “Xeyli Jyekson iştirokidagi jonli efirga uçta tirannozavr yopirilib kirgan payt”, deb izoh berilgan videoga.
Videoda kanalning Oq uydagi muxbiri Xeyli Jyekson mutaxassis bilan soliq islohotini muhokama qilayotganini köriş mumkin. Şu payt mutaxassisning ortida tirannozavr kiyimida 3 kişi paydo bölib, bir-birlari bilan göyoki kuraşayotgandek bölişadi. Bu holatga na muxbir, na mutaxassis e'tibor bergan.
Tvitter foydalanuvçilarida bu holat zavq uyğotgan.
“Buni körib, kulgidan özimni tiya olmayapman”, deb yozgan Jina Di.
“Tarixda yangiliklardagi eng yaxşi fon”, deb izoh bergan rolikka Tomas Xolbruk.
“Xeyli Jyekson Yura davri boğidan jonli efir olib bormoqda”, deb yozgan yana bir foydalanuvçi.
Muxbirning özi esa uşbu holatga keyinroq “Yaxşiyam, timsohlar emas ekan”, deb izoh bergan.
Aniqlanişiça, uşbu “sahna”ni 4 kişi hazil tariqasida ataylab uyuştirgan. Ulardan 3 nafari dinozavr kiyimida bölgan, yana bir kişi MSNBC kanalini telefonda tomoşa qilib, şeriklariga körsatma berib turgan.










