SpaceX kompaniyasi özining yangi Falcon Heavy öta oğir raketasini start maydonçasiga örnatdi. Raketaning vertikal holatga keltirilişi videosi (34 marta tezlaştirilgan holda) Spaceflight Now tomondan namoyiş qilindi.

Raketa Jon Kennedi nomidagi koinot markazining (Florida ştati) LC-39A maydonçasida örnatilgan. Bu yerdan 1967 yil 9 noyabrda Apollo kemasiga ega Saturn 5 öta oğir raketasi ilk bor fazoga uçirilgan.

Falcon Heavy raketasi parvozi oldidan SpaceX muhandislari uning dvigatellarini yana bir bor közdan keçirib çiqadilar.

Ayni vaqtda Falcon Heavy sayyoramizdagi eng kuçli raketa hisoblanadi. Raketaning ilk parvozi yanvar oyiga belgilangan. SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Maskning fikriça, raketaning birinçi parvozi 27 ta dvigatelining sinxron işlaşidagi murakkablik tufayli katta ehtimollik bilan muvaffaqiyatsiz ötişi mumkin.

Raketa pastki tayanç orbitaga 63,8 tonna yuk olib çiqa olişi mumkin. Raketa parvozi 90 mln dollarga baholanmoqda.

Hozirça faqat AQŞda öta oğir (pastki yer atrofi orbitasiga 50 tonna yuk olib çiquvçi) raketalar loyihalari raketalarni yiğiş bosqiçigaça yetib borgan.

20-asrda bunday sinfdagi raketadan 3 tasi yaratilgan. Ulardan eng muvaffaqiyatlisi Saturn 5 bölgan va u AQŞning Oy dasturida qöllangan. Sobiq ittifoqda yaratilgan N-1 raketasining barça 4 ta parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlangan. Sobiq ittifoqning yana bir öta oğir raketasi “Energiya” ikki marta uçirilgan va ikki parvoz ham muvaffaqiyatli ötgan.