«Arsenal» Angliya çempionatining 21-turida «Vest Bromviç Albion»ga qarşi keçgan uçraşuvda ğalaba qozona olmadi. Vest Bromviçdagi «Houtorns» stadionida keçgan uçraşuvda 1:1 hisobi qayd etildi.
Öyinning 83-daqiqasida Aleksis Sançesning jarima zarbasidan keyin töp Jyeyms Makklinga tekkan holda darvoza töriga borib tuşdi. 89-daqiqada Jyey Rodriges penaltidan hisobni tenglaştirdi.
«Qorayaloqlar» jamoasi bu natijadan keyin Angliya çempionatidagi ğalabasiz seriyasini 19 uçraşuvga yetkazdi. Jamoa oxirgi marta 19 avgust kuni «Byornli»ni safarda yenggandi (1:0).
«Arsenal» 38 oçko bilan turnir jadvalida beşinçi örinda. «Vest Bromviç Albion», 16 oçkosi bilan 19-poğonada joylaşgan.
Angliya çempionati
21-tur
Vest Bromviç – Arsenal 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 83, avtogol Makkleyn, 1:1 – 89, penalti Rodriges.
Vest Bromviç – Foster, Xegazi, Gibbs, Douson, Evans, Berri, Livermor, Brant (Kryxovyak, 72), Fillips (Makkleyn, 72), Robson-Kanu (Nom, 75), Rodriges.
Arsenal – Çex, Çembers, Mustafi, Kolaşinats (Meytlend-Naylz, 37), Koselni (Mertesaker, 72), Ivobi (Uelbek, 74), Çaka, Sançes, Uilşer, Bellerin, Lyakazett.
Ogohlantirişlar: Evans (34), Mustafi (58), Brant (59), Douson (82), Uilşer (88), Çex (90).












