Jamiyat | 11:40 / 02.01.2018
24880
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida 1961 chaqaloq tug‘ildi

O‘zbekistonda yangi yilning birinchi kunida, 1 yanvar kuni 1961 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

Ma'lumot uchun, 2017 yil 1 iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 32,345 million kishini tashkil qilgandi. Hozircha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2017 yil bo‘yicha yakuniy ma'lumotlar berilmadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев

Mavzuga oid