Navoiy viloyatining Xatirçi tumanida erkak özining 6 oylik öğlini öldirib qöydi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Ma’lum bölişiça, 9 yanvar kuni çaqaloq yiğlagani uçun ota öğlini urgan va uning oğziga paypoq tiqqan. Şundan söng çaqaloqning ahvoli oğirlaşib, kökara boşlagan.
Çaqaloq onasi tomonidan zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan. Ammo körsatilgan tibbiy yordam uning hayotini saqlab qolmagan: bola 14 yanvar kuni soat 11:30 lar atrofida şifoxonada vafot etgan.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi F.N. qölga olingan.
Marhum bolaning onasi gumonlanuvçining şar’iy nikohdagi ikkinçi turmuş örtoği bölgan. Bu oilasidan 2 farzandi bölib, ikkala bola doimiy ravişda kaltaklangan. Vafot etgan çaqaloq yiğlaganda uning oğziga nam salfetkalar, yostiq yoki paypoq tiqilgan. Şuningdek, erkak avvalgi oilasidagi farzandlariga nisbatan ham muntazam ravişda jismoniy zöravonlik qilib kelgani aytilmoqda.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.












