Google korporatsiyasi özining yangi Fuchsia nomli operatsion tizimi sinovlariga rasmiy start berdi. Fuchsia kelgusida Android bilan bir qatorda mobil qurilmalarda qöllanişi mumkin. ChromeUnboxed'da şu haqida xabar berildi. 

Google xodimlari yangi operatsion tizim ustida bir yilga yaqin işlaşdi. Kompaniya Google'ning Pixelbook deya nom olgan noutbukiga dasturiy ta'minotni yuklaş imkonini beruvçi hujjatlarni taqdim etdi. 

Aniqlik kiritilişiça, Google yangi operatsion tizim kodini boşqa işlab çiqaruvçilar bilan bölişadi. 

Bundan avval Google inson ovozini aniq imitatsiya qiluvçi kompyuter dasturini yaratgan edi. U Tacotron 2 deya nomlanib, matnni nutqqa aylantiriş uçun xizmat qiladi.