Xitoyning Şansi viloyatida 18 soat töxtovsiz işlagan şifokor hayotdan köz yumdi, deb yozmoqda Asia One.
Xabar qilinişiça, 29 dekabr kuni 43 yoşli Çjao Byansyan şifoxonada bemorlarni körikdan ötkazayotgan bölgan hamda palatada yotgan ayol va uning qizini körib çiqqaç, yiqilib tuşgan. Uning sönggi sözlari, guvohlarning bildirişiça, şunday bölgan: "Onangizning ahvoli qanday?"
Ayol darhol jonlantiriş bölimiga yotqizildi, biroq ertasi kuni hayotdan köz yumdi. Jasad yorib körilganida şu ma'lum böldiki, Byansyan subaraxnoidal qon quyilişidan – miyadagi qon aylanişining çuqur buzilişi şakllaridan biri tufayli vafot etgan.
Çjao Byansyan şifoxonada respirator kasalliklar bölimi rahbari örinbosari bölgan. Şifokorning hamkasblari sözlariga köra, u "juda mehnatsevar" hamda öz sohasidagi eng yaxşi mutaxassislardan biri edi.












