Ispaniyalik jurnalist Gilem Balage «Liverpul» yarimhimoyaçisi Filippe Koutinoning «Barselona»ga transferi bilan boğliq vaziyatga izoh berdi.

«Koutino kelajagi haqida gapiradigan bölsam, «Liverpul» uni sotişga tayyor. Klub barça takliflarni örganib çiqmoqçi ekanini ma'lum qilgan.

Ayni paytda «Liverpul» oldidagi muhim variantlar: uni hozir sotiş, uni hozir sotiş yoki uni yozgaça uşlab qoliş. Uni iloji boriça köproq uşlab qoliş varianti eng çekkaga surildi.

Şunday bölsa-da, «Barselona»dan heç qanday taklif tuşmadi... hozirça», – deb yozdi Balage tvitter sahifasida.

Bundan avvalgi xabarlarda «Liverpul» futbolçisini klubda saqlab qolişga harakat qilayotgani aytilgandi. Jumladan jamoa boş murabbiyi Yurgen Klopp braziliyalik futbolçiga sardorlik boğiçini taklif etayotgani, «Liverpul» prezidenti Tom Verner esa unga yangi şartnomada maoşini kötarib berişni va'da qilayotgani aytilgan. Ammo Koutino fikrini özgartirmagan va «Barselona»ga ötiş ahdidan qaytmagan.