AKKet.com portali istalgan smartfon tez quvvatsizlanib qolişining 6 ta asosiy sababini keltirib ötdi. Quyida keltirilgan tavsiyalarga amal qiliş har qanday gadjyetning avtonom işlaşini 10-40 foizga oşirişga imkon beradi.

Birinçidan, ekran qançalik yorqin bölsa, batareya şunçalik köp quvvat işlatadi va mos ravişda tezroq quvvatsizlanadi. Şu sababli ekranning avtomatik yorqinligini öçirib qöyiş yoki uni özingizning ehtiyojingizga mos holda sozlaş lozim.

Ikkinçidan, uyali aloqa operatori tarmoği ham smartfonni quvvatsizlantiradi. Doimiy ravişda 3G/4G yoki Bluetooth orqali biror narsaga ulangan telefon ulanmaganiga nisbatan tezroq quvvat yöqotadi.

Batareyani, şuningdek, fon rejimida işlovçi dasturlar ham tez quvvatsizlantiradi. Bu holda majburiy ravişda dasturlarga fon rejimida işlaşni taqiqlovçi Battery Doctor kabi maxsus dasturlardan foydalaniş mumkin.  

“Jonli tasvirlar”dan (jivoy oboy) foydalaniş ham protsessor va grafik tezlaştirgiçga muayyan yuklamani vujudga keltiradi. Buning oqibatida gadjyet nafaqat sekinroq işlaydi, balki tezroq quvvatsizlanadi.

Şuningdek, “Ekranning avtomatik burilişi” funksiyasi ham quvvatni “tez yeydi”. Quvvatni bekorga sarflamaslik uçun, ekranni bir xil – vertikal vaziyatga qöyiş kerak. Zarurat bölganda “avtomatik buriliş” funksiyasini yoqiş mumkin.

Smartfonni köçada sovuq bölganda işlatmaslikka harakat qiling. Gap şundaki, sovuq harorat akkumulyatorlarga salbiy ta'sir qiladi: ular tezroq quvvatsizlanadi va hattoki öçib qolişi mumkin.