Eng tez ösib kelayotgan krossoverlar segmentida yangi avtomobillar har yili köplab paydo bölmoqda. Katta, kiçik, çiroyli va unçalikmas, tezkor va sportça yoki iqtisodli va gibrid — 2017 yilda bularning barisiga guvoh böldik. Motor kişilarni hammadan ham köproq qiziqtirgan 8 ta yöl tanlamaslarning röyxatini e'lon qildi.

BMW X2

BMW’dan yangi kross-kupe yoşlar auditoriyasi uçun möljallangan va X1 hamda X3 modellari orasida joylaşgan. Yöltanlamas maşina oldi tortuvçi platforma ustiga qurilgan, undan MINI, Active Tourer seriyasidagi BMW 2 va yangi avlod X1 asosida ham foydalaniladi.

Modifikatsiyasiga köra BMW X2 biratöla sportça osma bilan jihozlanadi, yoki M Performance turi bilan. Optsiya sifatida özgartiriladigan amortizatorlar taqdim etilişi mumkin. Dvigatellari gammasi ikki litrli benzinli yoki «turbo törtlik» dizellisidan iborat ular 190 dan 231 ot kuç quvvatini beradi. Töliq uzatmali versiyalari ham bor. Bozorda uning minimal bahosi 16.250 AQŞ dollariga teng.

DS 7 Crossback

Premial brend PSA’ning flagman krossoveri — yuqori texnologiyali avtomobillarga qiziquvçilar uçun haqiqiy bayram. Modelning jihozlanişiga şahar, trassa yoki söqmoq yöllar uçun nur tutami turliça sozlanadigan özgaruvçan faralar, yöldagi notekisliklarni oldindan hisob kitob qilib, ğildiraklardagi amortizatorlar qattiqligini şunga oldindan tayyorlovçi kameralar, 100 metrgaça bölgan masofadagi obektlarni farqlay oluvçi tungi köriş tizimi kiritilgan. Yana bir kamera — infraqizil — salonda rul ortiga örnatilgan. U haydovçining közlari va qöllari harakatini kuzatadi va uning çarçaganlik darajasini baholab boradi.

Yevropada DS 7 uçun oltita kuç qurilmasi nazarda tutilgan: 130, 180, 230 ot kuçiga teng benzinli agregatlar, 130 va 180 ot kuçili dizellar. Şuningdek, DS 7 300 ot kuçiga teng gibridli qurilma bilan ham taqdim etiladi.