Suriyadagi rossiyalik harbiylar joylaşgan Xmeymim bazasiga uçuvçisiz uçiş qurilmalari orqali ikki marta hujum uyuştirildi. Aviabaza xodimlari ma'lumot berişiça, dronlar urib tuşirilgan.

«22 iyul kuni tongida aerodrom taşqarisidan şimoliy-ğarbiy yönalişda kirib kelayotgan noma'lum uçar jism urib tuşirildi», — degan manba.

Birinçi hujum esa şanba kuni sodir etilgan. Dron 21 iyulga ötar keçasi noma'lum kuçlar nazoratidagi hududdan uçirilgan.

Ikki holatda ham jabrlanuvçilar yöqligi aytilgan.

21 iyul kuni Rossiya harbiylari suriyalik askarlar bilan hamkorlikda mamlakat şimolidagi Lataqiya provinsiyasida 16 iyul kuni Xmeymim bazasiga amalga oşirilgan hujumga javoban amaliyot boşlagani xabar qilingandi.