Rossiya harbiylari Suriyadagi aviabazada tört nafar xudkuş-terrorçining hujumini qaytardi. Bu haqda otişma lahzasi aks etgan videoni e’lon qilgan Mash xabar berdi.

Naşr ma’lumotlariga köra, hujum 20 may kuni erta tongda Xmeymim harbiy aviabazasi yaqinida sodir bölgan. Jangarilar xavfsizlik postlari orqali harbiy obektga bostirib kirişga uringan, biroq rossiyaliklar ularga qarşilik qilgan.

Otişma oqibatida uç nafar jangari yöq qilingan, yana biri qoçib ketgan. Unga tankka qarşi granata otiş moslamasi (RPG) bilan zarba berilgan, ammo uning muvaffaqiyatli bölgan-bölmagani hozirça noma’lum.

Qayd qilinişiça, jangarilarning şaxsi allaqaçon aniqlangan. Dastlabki ma’lumotlarga köra, ularning barçasi Özbekistondan kelgan va Suriyaning yangi hukumatini tan olmaydi.

Xmeymim havo bazasi Rossiya tomonidan foydalaniladigan Suriya havo bazasi va Rossiya harbiy kontingentining mamlakatdagi asosiy bazasi bölib, u yerda Rossiya Aerokosmik kuçlarining aviatsiya guruhi joylaşgan. Bazaning huquqiy maqomi Rossiya va Suriya örtasida 2015 yil avgustida imzolangan kelişuv bilan tartibga solinadi.