Faxriy unvonlarga ega mehnat qiluvçi pensionerlar endilikda nafaqa pulini töliq miqdorda oladi. Bu Özbekiston Prezidentining 28 dekabrdagi «Mehnat faoliyatini olib borayotgan pensionerlarning ayrim toifalariga qulay şart-şaroitlarni yaratiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida közda tutilgan.

Şuningdek mehnat şartnomasi asosida mehnat qiliş asnosida ilm-fan, adabiyot va san'at sohalarida ijodiy işlari uçun qalam haqi (gonorar) körinişida daromad oluvçi pensionerlar ham nafaqa pullarini töliq hajmda oladi.

Farmon bilan tekşirişlar natijasida aniqlangan 65 yoş va undan katta fuqarolar uçun hamda 2010 yilgaça tayinlangan pensiya va nafaqalar böyiça ortiqça tölangan summa hisobdan çiqarildi.

Hujjatda pensioner tuman Byudjyetdan taşqari pensiya jamğarmasining ortiqça tölangan pensiya va nafaqalar summasini uşlab qoliş haqidagi qaroridan norozi bölgan taqdirda ortiqça tölangan summani (aniqlangan paytdan boşlab uç yildan oşiq bölmagan muddat uçun) sud tartibida undiriş tartibi joriy etildi.

Pensiya jamğarmasining hududiy bölimlari qonunçilikda közda tutilgan asoslar bölgan taqdirda iş stajini tasdiqlaş uçun sudlarga da'vo arizasini tayyorlaşda kömak körsatadi.