LG Electronics (LG) CES 2018 körgazmasida ança yaxşilangan va «aqlli» premial audioqurilmalarni namoyiş etadi, ular uydagi akustik tizimlar haqidagi tasavvurni özgartiradi. 2018 yildagi yangilik - MeridianAudio kompaniyasining ilğor texnologiyasi tatbiq etilişi bölib, u yanada tabiiy va «iliq» tovuşni yaratadi. DolbyAtmos® ajoyib saundbarlaridan portativ Bluetooth-kolonkalar va sun'iy idrok texnologiyasidan foydalanilgan eng yangi dinamikka qadar – LĞda musiqa va kino ixlosmandi uçun alohida nimadir bor.
Tovuş atrofda va boş ustida
LGSK10Y yangi saundbari 5.1.2-kanalli tovuş, 550 Vt.lik quvvat va DolbyAtmos kuçli texnologiyasini taklif etadi. Yangi saundbarning noyobligi şundaki, tovuş obektlari uç ölçamli makonning istalgan joyida, jumladan boş ustida ham joylaştirilişi mumkin. Şu tariqa, hajmli tovuşga erişiladi, haqiqatga yaqinlik oşadi va hodisalar markazida böliş effekti yaratiladi. SK10Y bunday kuçli tovuşni taqdim etişi uçun qator dinamiklar, jumladan ikkita kuçli vertikal dinamik bilan jihozlangan, bunda tovuş tinglovçini har tomondan örab turadi. Foydalanuvçilar şift balandligini e'tiborga olgan holda tovuşni sozlaş uçun vertikal dinamiklar balandligini tartibga solişlari mumkin.

SK10Y dinamiklari MeridianAudio bilan hamkorlik tufayli tovuşning ajoyib sifati uçun innovatsion audio işlanmalar bilan takomillaştirilgan. Meridian kompaniyasi yuqori sifatli audio va signallarni raqamli işlaş (DSP) hamda psixoakustika sohasida yetakçi bölgani holda, SK10Y’ni yuqori işlab çiqariş darajasi, jumladan BassandSpace texnologiyasi bilan ta'minladi, bu tinglovçilarni boy va toza tovuş bilan örab turiş maqsadida qilingan. Foydalanuvçi qayerda joylaşganiga qaramay, tovuş yanada “iliq” va sizni örab olgandek böladi. Meridian’dan HeightElevation texnologiyasi tovuşni saundbar ustidan ekran darajasiga kötarib, qöşimça nutq aniqligi va musiqa sifatini ta'minlab beradi. Bundan taşqari, LGSK10Y audiofayllarni yuqori sifat şakllarida taqdim etişi mumkin, bu studiyada yozilgan tovuşni yaratiş imkoni degani. 40 kGts.lik taqdim etiş böyiça imkoniyatlarga qöşimça tarzda, dinamik tovuşni özgartiriş funksiyasiga ega. U oddiy audiofayllar sifatini 24 bit/192 Gts.ga kötaradi hamda noyob detallar va har bir trekning öziga xos jihatlari yaxşiroq eşitiladi.
Dizayn nuqtai nazaridan, SK10Y LĞning 2018 yildagi OLED yoki SUPER UHD modeldagi televizorlariga mukammal mos tuşadigan uyğun, zamonaviy körinişi va nozik korpusi bilan nigohlarni öziga jalb etadi. Qurilma şuningdek, Chromecast’ni qöllab-quvvatlovçi portlar, dinamiklar va boşqa smart-qurilmalarga töliq mosligi bilan keng ulaniş imkoniyatlariga egadir. Şunçaki: «OK,Google», deb ayting va eng sevimli onlayn oqimli multimedia servisidan yoqqan qöşiqni, podkastni yoki audioklipni ijro etişni sörang.















