«Abu Saxiy»da o‘zgarishlardan keyin tushum keskin ortdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yil 5 yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi.
Prezident matbuot xizmati tuman hududida joylashgan sobiq «Abu Saxiy» MChJ, endilikda «Toshkent ipak yo‘li» majmusiga aylantirilgan savdo markazi bo‘yicha ma'lumot berdi.
Ma'lum qilinishicha, ma'muriyatdagi o‘zgarishlardan keyin bozordan davlat byudjyetiga tushadigan tushum miqdori keskin ortgan.
«Sobiq «Abu Saxiy» MChJda davlat byudjyetiga bir oyda 5 milliard so‘m tushgan. Ushbu bozor «Toshkent ipak yo‘li» majmusiga aylantirilgandan so‘ng atigi 15 kunda tushum 35 milliard so‘mga yetgan», deyilgan xabarda.
Ilk marta ushbu bozor bilan bog‘liq xabarlar 2016 yilning sentabr oyida tarqalgandi. O‘shanda «daromadlarni soliqdan yashirish» alomatlarini aniqlash maqsadida bozor faoliyati tekshirilgani aytilgandi. 2017 yil fevral oyida esa bir guruh tadbirkorlar bozor qoshida faoliyat olib boradigan terminal o‘z ishini to‘xtatib qo‘ygani haqida xabarlarni tarqatgan.
Ma'lumot uchun, ushbu bozor avval Tillayevlar oilasiga tegishli hisoblanardi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
10:04 / 27.08.2024
Zangiotada harakatlanib ketayotgan Damas yonib ketdi
14:32 / 25.07.2024
«Zangiota-2» o‘rnida Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi tashkil etiladi
07:50 / 23.07.2024