Afğoniston poytaxti Kobulda portlaş sodir etilişi oqibatida 15 kişi halok böldi, 20 kişi yaralandi. Bu haqda Tolo News telekanali xabar berdi.  

Portlaş 4 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 20:30da şaharning Banoiy tumanida, AQŞ elçixonasi yaqinida sodir etilgan. Guvohlarning aytişiça, bombani terrorçi-xudkuş harakatga keltirgan. Telekanalning ma'lum qilişiça, terakt oqibatida asosan politsiyaçilar halok bölgan.

Mahalliy amaldorlarning ma'lumotlariga köra, politsiyaçilar bu hududda spirtli içimliklar va giyohvand moddalar sotilişiga qarşi operatsiya ötkazişayotgan bölgan. Xudkuş u tomonga politsiyaçilar yaqinlaşayotganini sezgandan keyin bombani portlatgan.

Hozirça heç qaysi bir terrorçilik guruhi uşbu hujum uçun javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Ayni vaqtda hudud politsiyaçilar tomondan örab olingan.