Özbekiston Respublikasi prezidentining «Quriliş birlaşmasi» aksionerlik jamiyatini davlat unitar korxonasi sifatida qayta taşkil etiş töğrisidagi» PQ-3449 sonli qarori imzolandi.
Uşbu qarordan maqsad boşqaruv tizimini takomillaştiriş, quriliş taşkilotlari samaradorligini oşiriş muhim obektlarni öz vaqtida va sifatli ekspluatatsiya qilişni ta'minlaş hisoblanadi.
Özbekiston Respublikasi prezidenti apparati, Özbekiston Respublikasi Arxitektura va quriliş davlat qömitasi, Özbekiston Respublikasi Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi va «Quriliş birlaşmasi» AJ aksionerlari taklifi bilan aksionerlik jamiyati «Quriliş birlaşmasi» Davlat unitar korxonasi sifatida qayta taşkil etiladi.











