5 yanvar kuni Xalq deputatlari Toşkent viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.

Unda iştirok etgan Şavkat Mirziyoyev Respublika Boş prokurori va Içki işlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat içki işlar boşqarmasi boşliğini işdan oliş haqida topşiriq bergan.

Şu tariqa, viloyat prokurori Uluğbek Jaliloviç Sunnatov lavozimidan ozod etilgan. Uluğbek Sunnatov 2017 yil kuzida paxta mavsumida qöşib yozişlarga yöl qöyilgani ortidan işdan böşatilgan Jamşid Fayziyev örnida iş boşlagandi. Sunnatov 2014 yildan 2017 yil kuziga qadar Özbekiston Respublikasi Boş prokurori örinbosari bölgandi.

Uluğbek Sunnatov
Foto: Milliy olimpiya qömitasi

Şuningdek, Toşkent viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği polkovnik Saidkarim Nişonboyev işdan olingan. Saidkarim Nişonboyev 2016 yilning sentabridan 2017 yil martiga qadar Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari bölgan, ötgan yilning 5 martidan Toşkent viloyati IIB boşliği lavozimi sifatida iş boşlagandi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, bu ikki rahbarning işdan olinişi berilgan vazifalar bajarilmagani bilan izohlangan.